
31-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga, 25-mart kuni esa 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga, 26-mart kuni esa 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mga yetdi. 27-mart kuni dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni, 30-mart kuni esa 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil qilgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 13,01 so‘mga tushib, 14 036,21 so‘mni, rubl esa 0,65 so‘mga oshib, 150,36 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 27-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.