
Tez orada Quick Share funksiyasi keng ko‘lamli yangilanishi va smartfonlarni bir-biriga tekkizish orqali ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Android Authority ma’lumotlariga ko‘ra, One UI 9’ning sizdirilgan versiyalarida Tap to Share funksiyasi aniqlangan. Uning tavsifida «Telefoningizning yuqori qismini qurilmaga yaqin tuting va fayllar yuboriladi», deyiladi.
Ayni shu nomdagi va o‘xshash funksiya Google Play xizmatlarida hamda Android 17’ning beta-versiyalarida ham topilgan. Nashr xulosasiga ko‘ra, Tap to Share faqat Samsung smartfonlari uchun eksklyuziv bo‘lmaydi va barcha Android qurilmalari uchun taqdim etiladi.
Faqat kontaktlarni uzatishga imkon beruvchi NameDrop’dan farqli o‘laroq, Tap to Share fayllarni uzatish uchun ham ishlaydi. Katta ehtimol bilan, ushbu funksiya Android 17’ning barqaror versiyasi chiqqanidan so‘ng barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Avvalroqq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 endi iPhone va Mac bilan fayl almashishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.