Yangiliklar

Namanganda 53 yoshli o‘qituvchi voyaga yetmagan qizga zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda

13 yoshli qizning yaqinlari holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 53 yoshli erkak pedagog voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Bolalar ombudsmani idorasi nazoratiga olinganini xabar qildi.

Unga ko‘ra, 13 yoshli qizning yaqinlari holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilganidan so‘ng, tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada gumonlanuvchi ushlanib, sud qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mazkur ish bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvchining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish masalasi Bolalar ombudsmani tomonidan ham nazoratga olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda ayolni sochini qirqib tashlagan 5 kishiga jinoyat ishi ochilgani haqida yozgandi.