
Toshkent shahridagi yirik tijorat banklaridan birida ishlovchi xodim $10 ming miqdoridagi noqonuniy mablagʻni olayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan.
Maʼlum qilinishicha, bankning katta eksperti xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbaridan pul talab qilgan. U oʻzining tanishlari orqali Samarqand viloyatidagi banklardan biridan 1,2 mlrd soʻm kredit olib berishni vaʼda qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida u pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda bozor rahbari pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edi.