2026-yilgi eng qimmat Chevrolet Traverse narxi qancha

5-aprel 2026 14:42 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: GMAuthority

2026-yilgi Chevrolet Traverse kengroq komplektatsiyalar va qo‘shimcha opsiyalar bilan taqdim etildi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.

Model qatorining eng qimmat versiyasi — RS AWD (to‘liq yuritma) bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi $59 395 ni tashkil etadi.

Biroq qo‘shimcha opsiyalar qo‘shilgach, avtomobil narxi sezilarli darajada oshadi. To‘liq jihozlangan variantning umumiy qiymati $71 158 ga yetadi (yetkazib berish xarajatlarisiz).

Narxning oshishiga asosiy sabab — texnologik va qulaylikka yo‘naltirilgan opsiyalar. Jumladan, Super Cruise tizimiga ega OnStar xizmatining kengaytirilgan paketi $3 ming turadi. Bu tizim mos avtomagistrallarda qo‘l tekkizmasdan haydash imkonini beradi.

Shuningdek, yordamchi haydovchi paketlari, sayohat uchun maxsus to‘plamlar, panoramali lyuk, premium bo‘yoq va turli dizayn elementlari narxni oshiradi.

Chevrolet’ning bu modeldagi narx siyosati boshqa yangi modellarga o‘xshash — asosiy narx nisbatan past bo‘lsa-da, qo‘shimcha funksiyalar avtomobilni ancha qimmatlashtiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda Xitoy avtomobillarini toʻliq taqiqlash masalasi koʻrib chiqilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek