Diyora Keldiyorova katta sportga qaytmoqda

5-aprel 2026 12:28 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Olympic.uz

Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga kirishdi va kelajakdagi musobaqalarda ishtirok etishni rejalamoqda. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova sport faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Hozirda u yakka tartibda mashg‘ulot olib bormoqda.

Sportchining aytishicha, uzoq tanaffusdan keyin darhol terma jamoa yig‘inlariga qo‘shilish oson emas. Shu sabab u avvalo jismoniy holatini tiklashga e’tibor qaratmoqda.

Keldiyorova qaysi musobaqada qatnashishini hozircha aniq aytmagan. Agar sport formasi tez tiklansa, u Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin. Aks holda, keyingi musobaqalardan birida tatamiga qaytishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sportchi Olimpiadadan so‘ng ona bo‘lgan va deyarli ikki yilga yaqin tanaffus qilgan edi. Endi esa u yana katta sportga qaytish arafasida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Diyora Keldiyorova ochgan dzyudo maktabi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek