Yangiliklar

Kobulda Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari muloqoti bo‘lib o‘tadi

Uchrashuv Islomiy Amirlik Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda
Foto: Ariana News

Bugun, 5-aprel kuni Kobulda Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida muhim maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ariana News nashri xabar berdi.

Uchrashuv Islomiy Amirlik Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Tadbirga Amir Xon Muttaqi raislik qiladi.

Muloqotda Afg‘oniston hamda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonning yuqori darajadagi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tomonlar siyosiy hamkorlik, iqtisodiy aloqalar va xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, savdo-sotiqni rivojlantirish, transport va tranzit yo‘laklarini kengaytirish, mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.

Ushbu uchrashuv Kobul va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi tasdiqlangani haqida yozgandi.