Zeekr 001’ning yubiley versiyasi taqdim etildi

5-aprel 2026 15:12 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Zeekr

Geely tarkibidagi Zeekr brendi o‘zining mashhur elektr liftbeki Zeekr 001’ning 5 yillik yubileyiga bag‘ishlangan maxsus modelni namoyish qildi. Bu haqda Carnewschina nashri xabar berdi.

Yangi Zeekr 001 5th Anniversary Edition modeli FR-Line dizayn paketi bilan ajralib turadi. Unda qizil aksentlar, 22 dyuymli g‘ildiraklar, karbon spoiler va qoraytirilgan tom kabi sport elementlari qo‘llangan.

Foto: Zeekr

Salon ham sport ruhida bezatilgan: Alcantara va teridan ishlangan o‘rindiqlar, qizil xavfsizlik kamarlar, zamonaviy bezaklar hamda 29 ta dinamikdan iborat audio tizim o‘rnatilgan.

Texnik jihatdan model juda kuchli: ikki dvigatelli to‘liq yuritma tizimi 680 kVt (912 ot kuchi) quvvat ishlab chiqaradi. Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha atigi 2,91 soniyada tezlashadi, maksimal tezligi esa 280 km/soatga yetadi.

Batareya sifatida CATL tomonidan ishlab chiqilgan 103 kVt·soat sig‘imli Qilin akkumulyatori qo‘llangan. U 10 foizdan 80 foizgacha atigi 10 daqiqada zaryadlanadi va 680 km gacha yurish zaxirasini ta’minlaydi (CLTC standarti bo‘yicha).

Foto: Zeekr

Shuningdek, avtomobil zamonaviy haydovchi yordam tizimi — G-Pilot H7 bilan jihozlangan bo‘lib, unda LiDAR sensori va yuqori unumdor Nvidia Drive Thor-U chipi ishlatiladi.

Modelning yana bir muhim jihati — sport osma tizimi. Uni ishlab chiqishda nemis KW Automotive mutaxassislari uch yil davomida ishlagan. Natijada avtomobil boshqaruvi va barqarorligi sezilarli darajada yaxshilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr 7 GT va 007 elektromobillarining sotuvi boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek