Sport

«Inter» Milanda «Roma» ustidan yirik g‘alabaga erishdi

Lautaro Martines dubl qayd etgan uchrashuvda milanliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Foto: inter.it

Italiya A Seriyasining 31-turi doirasida «Inter» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qilib, 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv «Juzeppe Meatsa» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Jarohatdan forig‘ bo‘lib maydonga qaytgan Lautaro Martines uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq hisobni ochdi. 40-daqiqada rimliklar safida Janluka Manchini hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Hoqon Chalxano‘g‘li uzoq masofadan super zarbasi bilan darvozabonni ojiz qoldirib, hisobni oshirdi.

Интер VS Рома - Обзор

Ikkinchi bo‘limni milanliklar hujumlar bilan boshladi. Dastlab 52-daqiqada Lautaro Martines dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Markus Tyuram o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Nikolo Barella 63-daqiqada hisobni yirik 5:1 ko‘rinishiga olib keldi.

70-daqiqada hamda Lorenso Pellegrini hisobni qisqartirdi va o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi. Ushbu g‘alabadan keyin Kristian Kivu shogirdlari turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan hamshahari «Milan»dan 9 ochkoga ilgarilab ketdi. Ikkinchi o‘rindagi «Milan» klubi zaxirasida bitta o‘yin mavjud.

Foto: inter.it

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lionel Messining dubli «Inter Mayami»ga g‘alaba taqdim etgani haqida xabar bergan edi.