Sport

Sindarov Matias Blubaumga qarshi ikkinchi bahsda ham durang qayd etdi

O‘yindan so‘ng Sindarov 7 ochko bilan turnir jadvalidagi yetakchiligini saqlab qolmoqda
Foto: FIDE

Kiprda o‘tayotgan 2026-yilgi Nomzodlar turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov germaniyalik shaxmatchi Matias Blubaumga qarshi ikkinchi bahsda ham durang qayd etdi. Bahs 59-yurishdan so‘ng yakunlangan.

Tomonlar ochkoni bo‘lishishga rozi bo‘lgan. O‘yindan so‘ng Sindarov 7 ochko bilan turnir jadvalidagi yetakchiligini saqlab qolmoqda. Bu Javohir uchun tarixiy ishtirok hisoblanadi. U o‘zbekistonliklar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashmoqda. Grossmeyster hozircha birorta ham mag‘lubiyat qabul qilgani yo‘q.

U musobaqa davomida kuchli raqiblar ustidan g‘alaba qozondi. Jumladan, Andrey Yesipenko, Rameshbabu Praggnanandhaa, Fabiano Caruana, Hikaru Nakamura va Wei Yiga qarshi partiyalarda ustun keldi.

Shuningdek, u Matthias Bluebaum bilan ikki bor, Anish Giri hamda Yesipenko bilan javob uchrashuvida durang o‘ynadi.

Musobaqa 15-aprelga qadar davom etadi. Turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon toji uchun bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi. Nomzodlar turnirining umumiy sovrin jamg‘armasi $700 mingni tashkil etadi. Musobaqa ikki davradan iborat bo‘lib, jami 14 turdan tashkil topgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida rekord qayd etgani haqida yozgan edi.