Dolce & Gabbana modalar uyida rahbariyat o‘zgardi

13-aprel 2026 12:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Dolce & Gabbana’da rahbariyat o‘zgardi
Foto: Getty images

Italiyaning mashhur Dolce & Gabbana modalar uyida rahbariyat tarkibi o‘zgardi. Kompaniya sobiq Gucci rahbari Stefano Kantinoni qo‘shma bosh direktor lavozimiga tayinladi.

Mazkur qaror asoschilaridan biri Stefano Gabbana kompaniyadagi rahbarlik lavozimlarini tark etganidan so‘ng qabul qilindi. U o‘tgan yil dekabr oyida raislikdan ketgan edi. Hozirda kompaniyada Domeniko Dolchening akasi Alfonso Dolche bosh direktor lavozimida ishlamoqda. U yanvar oyidan boshlab raislik vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, Gabbana’ning ketishi boshqaruv tizimidagi tabiiy yangilanish jarayonining bir qismi sifatida izohlangan. Stefano Kantino ilgari Gucci’da rahbarlik qilgan. Shuningdek, u Prada’da ham faoliyat yuritgan tajribali menejer hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gabbana kompaniyadagi taxminan 40 foizlik ulushi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, kompaniya kreditorlar bilan yangi moliyaviy muzokaralar olib bormoqda. Dolce & Gabbana 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida dunyoning eng mashhur moda brendlaridan biriga aylangan. Kompaniya o‘zining O‘rta yer dengizi uslubidagi dizaynlari bilan tanilgan.

Asoschilar Domeniko Dolce va Stefano Gabbana shaxsiy hayotda ajralgan bo‘lsa-da, biznesda uzoq yillar hamkorlikni davom ettirib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal termasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek