Lifestyle

YouTube Premium va YouTube Music obuna narxlarini oshirdi

Foydalanuvchilar kamida 30 kun oldin elektron pochta orqali xabardor qilinadi
YouTube
YouTube Premium va YouTube Music obuna narxlarini oshirdi / Foto: Panorama

YouTube AQShda YouTube Premium va YouTube Music xizmatlari uchun obuna narxlarini oshirdi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

YouTube Premium individual rejasi $13,99 dan $15,99 ga, oilaviy reja esa $22,99 dan $26,99 ga oshiriladi. Shuningdek, YouTube Premium Lite narxi $7,99 dan $8,99 ga ko‘tarildi. YouTube Music xizmatida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi: individual reja $10,99 dan $11,99 ga, oilaviy reja esa $16,99 dan $18,99 ga oshirilgan.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, narx oshishi yangi va mavjud obunachilarga ham tatbiq etiladi. Mavjud foydalanuvchilar yangi narxlar haqida kamida 30 kun oldin elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

YouTube vakili ushbu o‘zgarishlar 2023-yildan beri birinchi marta amalga oshirilayotganini va xizmat sifatini saqlab qolish hamda ijodkorlar va san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini bildirgan. Shuningdek, Premium xizmatlari reklamasiz ko‘rish, fonda ishlash va 300 mlndan ortiq trekka ega YouTube Music kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini saqlab qolishi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, YouTube Premium narxi so‘nggi marta 2023-yil iyul oyida oshirilgan bo‘lib, o‘shanda $11,99 dan $13,99 ga ko‘tarilgan edi. YouTube Music narxi esa $9,99 dan $10,99 ga yetkazilgan 2025-yil mart oyida YouTube Music va YouTube Premium bo‘yicha umumiy obunachilar soni 125 mlnni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netflix obuna narxlarini yana oshirgan edi.