Namanganda sifatsiz un sotgan firma aniqlandi

eʼlon qilindi
Ushbu mahsulotni sotishdan olingan 28,5 mln so‘mni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan
Namanganda sifatsiz un sotgan firma aniqlandi
Foto: Unsplash

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Namanganda sifatsiz un sotgan savdo shoxobchasini aniqlandi. Undan olingan «SANA 777» nomli 50 kilogrammli bug‘doy uni laboratoriya tahliliga ko‘ra sanitariya-gigiyena talablariga mos kelmagan.

Tekshiruv natijasida «Chodak Asl Biznes» MChJ qonun talablarini buzgan deb topildi. Maxsus komissiya tomonidan ushbu mahsulotni sotishdan olingan 28,5 mln so‘mni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida fuqaro murojaati asosida tekshiruv o‘tkazilgan. Unda «Qudratilla Baraka Savdo» MChJga qarashli dorixonada sotilgan «Trombo ASS» dori vositasining yaroqlilik muddati o‘tib ketgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan ish qo‘zg‘atilgan. Iste’molchiga to‘langan pulni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri un mahsulotini birjaga qo‘ymagan 29 ta korxona savdodan chetlatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek