Toshkentdagi ayrim hududlarda issiqlik ta’minoti bir kechaga to‘xtatiladi

2026-yil 16-aprel kuni Toshkent shahridagi «8-IM» qozonxonasi boshqaruvidagi issiqlik tarmoqlari yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Mazkur jarayon xalqaro xavfsizlik standartlari asosida tizimni tekshirish, mavjud nuqsonlarni aniqlash hamda qish mavsumida barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi.
Sinov ishlari 16-aprel kuni tungi soat 00:00 da boshlanib, tonggi soat 06:00 ga qadar davom etadi. Shu vaqt oralig‘ida ayrim hududlarda issiqlik tarmoqlarida bosim oshirilishi kuzatiladi.
Issiqlik tarmoqlari o‘tgan hududlar qatoriga Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, shuningdek Sergeli 1–8A, Yo‘ldosh-1–18, M-1, 2, 3 hamda Do‘stlik-1, 2 dahalari kiradi.
Mutasaddilar ushbu hududlarda yashovchi fuqarolardan ehtiyot choralariga amal qilishni va issiqlik tarmoqlariga yaqin joylarda bo‘lmaslikni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya kompaniyasi Navoiy IESda yirik bug‘-gaz qurilmasini barpo etishi haqida yozgan edik.