XVJ: Samarasiz davlat banklari rahbariyatini almashtirish yoki restrukturizatsiya qilish lozim

eʼlon qilindi
xvj
Bu boradagi xulosalar Jamg‘armaning 2026-yil 13-aprelda e’lon qilingan O‘zbekistondagi missiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotida o‘rin olgan
XVJ: Samarasiz davlat banklari rahbariyatini almashtirish yoki restrukturizatsiya qilish lozim
XVJ: Samarasiz davlat banklari rahbariyatini almashtirish yoki restrukturizatsiya qilish lozim / Foto: Bloomberg

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) past ko‘rsatkichli davlat banklariga nisbatan keskin choralar ko‘rishni, jumladan, rahbariyatni yangilash yoki banklarni restrukturizatsiya qilishni tavsiya etmoqda. Bu boradagi xulosalar Jamg‘armaning 2026-yil 13-aprelda e’lon qilingan O‘zbekistondagi missiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotida o‘rin olgan.

Moliyaviy intizom va qat’iy choralar

XVJ ekspertlarining ta’kidlashicha, davlat tijorat banklarida (DTB) moliyaviy ko‘rsatkichlarning doimiy ravishda past bo‘lishi oqibatsiz qolmasligi kerak. Jamg‘arma bu borada o‘z vaqtida tuzatish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

«Davlat tijorat banklarida past moliyaviy ko‘rsatkichlarning muntazam saqlanib qolishi rahbariyatni almashtirishni ham o‘z ichiga olgan tezkor choralar uchun asos bo‘lishi kerak, yashab qolishga qobiliyatsiz banklar esa restrukturizatsiya yoki tartibga solish (tugatish) jarayonlaridan o‘tishi shart», — deyiladi hisobotda.

Strategik investorlar va shaffoflik

Jamg‘arma ekspertlari xususiylashtirish jarayonida xalqaro ilg‘or tajribaga tayanish zarurligini ta’kidlamoqda. Hisobotda aytilishicha, tayyorgarlik bosqichida aktivlar sifatini aniq aks ettirish hamda korporativ boshqaruv va risklarni boshqarish tizimlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish lozim.

«Shaffof tartib-taomillar va raqobatli savdolarni ta’minlash malakali strategik investorlarni jalb qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega», — deyiladi XVJ xulosasida.

Risklar

Islohotlarning muvaffaqiyati uchun aniq samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) va natijalarning ishonchli monitoringi talab etiladi. XVJ mutaxassislari kreditlash jarayonida tijorat va imtiyozli (notijorat) shartlarni buxgalteriya darajasida va risklarni baholash asosida to‘liq ajratishni tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, jamg‘arma xodimlari O‘zbekiston rasmiy idoralarining barcha banklarda aktivlar sifatini tekshirish (AQR) o‘tkazish hamda muammoli kreditlar (NPL) baholashni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish qarorini olqishlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan XVJ tokenlashtirish moliyaviy inqirozlarni tezlashtirishi mumkinligidan ogohlantirgani haqida yozgandi.

Shuningdek