16-aprel kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
eʼlon qilindi
16-aprel soat 20:00 gacha amal qiladi

16-aprel kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘adi va ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 10–21° atrofida, kechasi esa 5–15° gacha bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 13–15° | 9–11° | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm | 10–15° | 5–10° | Ba’zi joylarda yomg‘ir |
| Buxoro, Navoiy | 13–18° | 8–13° | Ba’zi joylarda yomg‘ir |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand | 13–18° | 8–13° | Yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo | 13–18° | 8–13° | Yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli, chang-to‘zon |
| Surxondaryo | 16–21° | 10–15° | Yomg‘ir, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona | 15–20° | 10–15° | Yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli, momaqaldiroq, chang-to‘zon |
| Tog‘oldi va tog‘li hududlar | 3–8° | 3–8° | Yomg‘ir, ba’zi joylarda qor, sel xavfi, tuman |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 14 – 17-aprel kunlari sel xavfi e’lon qilingan edi.