Yangiliklar

16-aprel kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi

16-aprel soat 20:00 gacha amal qiladi
16-aprel kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

16-aprel kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘adi va ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 10–21° atrofida, kechasi esa 5–15° gacha bo‘ladi.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri13–15°9–11°Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, momaqaldiroq
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm10–15°5–10°Ba’zi joylarda yomg‘ir
Buxoro, Navoiy13–18°8–13°Ba’zi joylarda yomg‘ir
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand13–18°8–13°Yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli, momaqaldiroq
Qashqadaryo13–18°8–13°Yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli, chang-to‘zon
Surxondaryo16–21°10–15°Yomg‘ir, momaqaldiroq, chang-to‘zon
Andijon, Namangan, Farg‘ona15–20°10–15°Yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli, momaqaldiroq, chang-to‘zon
Tog‘oldi va tog‘li hududlar3–8°3–8°Yomg‘ir, ba’zi joylarda qor, sel xavfi, tuman

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 14 – 17-aprel kunlari sel xavfi e’lon qilingan edi.