AQSh blokadasiga qaramay, Hormuz bo‘g‘ozida harakat deyarli o‘zgarmadi — Reuters

eʼlon qilindi
Oldin kuniga 130 dan ortiq kemalar o‘tar edi, hozir esa bu ko‘rsatkich ancha kamaygan
AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozida harakat deyarli o‘zgarmadi — Reuters
Foto: Reuters

AQShning Eron portlariga yo‘naltirilgan kemalarga nisbatan joriy etgan blokadasi birinchi kunidayoq Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakatiga katta ta’sir ko‘rsatmadi. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.

Kema kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, kamida sakkizta kema, jumladan, uchta Eron bilan bog‘liq tanker bo‘g‘ozdan o‘tgan. AQSh prezidenti Donald Tramp blokadani AQSh va Eron o‘rtasidagi Islomoboddagi muzokaralar natijasiz yakunlangach e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng yuk tashuvchilar, neft kompaniyalari va sug‘urta bozori uchun noaniqlik yanada kuchaydi.

Foto: Reuters

Shunga qaramay, ekspertlar bo‘g‘ozdagi umumiy harakat urushdan oldingi darajadan ancha pastligini ta’kidladi. Oldin kuniga 130 dan ortiq kemalar o‘tar edi, hozir esa bu ko‘rsatkich ancha kamaygan. AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki 24 soatda ayrim kemalar yo‘nalishini o‘zgartirib, Eron portlariga qaytgan. Shu bilan birga, Eron bilan bog‘liq uchta tanker blokadadan ta’sirlanmagan, chunki ular Eron portlariga yo‘nalmagan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh blokadasini «xavfli va mas’uliyatsiz» deb baholagan. Pekin keskinlikni kamaytirishga chaqirgan. Shu bilan birga, urush xavfi sug‘urtasi narxlari yuqori darajada qolmoqda. Sug‘urta shartlari har 48 soatda qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini bloklashni buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek