
Google Chrome veb-brauzeriga sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytiruvchi yangi funksiyalarni joriy etishni boshladi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
Ushbu imkoniyat foydalanuvchilarga sun’iy intellekt uchun yozilgan so‘rovlar (promptlar)ni saqlash va ularni turli veb-sahifalarda qayta-qayta ishlatish imkonini beradi.
Skills funksiyasi Google’ning Gemini sun’iy intellekt tizimining Chrome brauzeriga integratsiyasi doirasida taqdim etilmoqda. Gemini allaqachon foydalanuvchilarga veb-sahifalarni tahlil qilish, savollarga javob berish va mazmunini qisqacha bayon etish imkonini berib kelmoqda.

Yangi funksiya orqali foydalanuvchi tez-tez ishlatadigan SI so‘rovini bir marta saqlab qo‘yishi va keyinchalik uni oddiy buyruq orqali qayta ishga tushirishi mumkin bo‘ladi. Masalan, retsept saytlari bilan ishlashda mahsulotlarni vegan variantlarga almashtirish kabi so‘rovlar avtomatik tarzda qo‘llanilishi mumkin.
Google ma’lumotiga ko‘ra, Skills funksiyasi chat tarixidan saqlanadi va Chrome ichidagi Gemini bo‘limida «/» belgisi yoki «+» tugmasi orqali ishga tushiriladi. U joriy veb-sahifa hamda foydalanuvchi tanlagan boshqa tablarda ham ishlashi mumkin.
Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilarga tayyor Skills library kutubxonasini ham taqdim etadi. Unda mahsuldorlik, xarid, retseptlar va budjet kabi yo‘nalishlar bo‘yicha oldindan sozlangan funksiyalar mavjud bo‘ladi. Foydalanuvchilar ularni o‘z ehtiyojiga qarab tahrirlashi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Chrome brauzerida vertikal tablar joriy qilinishi haqida xabar bergan edik.