Kelajak avtomobillari: ichida hojatxona bo‘lgan mashinalar paydo bo‘ladimi

15-aprel 2026 11:59 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Kelajak avtomobillari: ichida hojatxona bo‘lgan mashinalar paydo bo‘ladimi
Kelajak avtomobillari: ichida hojatxona bo‘lgan mashinalar paydo bo‘ladimi / Foto: Seres

Seres kompaniyasi avtomobil uchun yashirin hojatxona tizimi bo‘yicha noodatiy patent ishlab chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar berdi.

Kompaniya AITO avtomobillarini ishlab chiqarishda Huawei bilan hamkorlik qilishi bilan tanilgan. Yangi patent ham aynan zamonaviy avtomobillarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Patent tavsifiga ko‘ra, tizimning asosini maxsus relsli mexanizm tashkil etadi. Ushbu mexanizm yordamida hojatxona qurilmasi avtomobil o‘rindig‘i ostiga mahkamlanadi va zarurat tug‘ilganda tortib chiqariladi. Foydalanib bo‘lingach esa yana ichkariga surilib, yashirin holatga qaytadi. Nazariy jihatdan bu yechim avtomobil salonida ortiqcha joy egallamasdan, yo‘lovchilar uchun qulaylikni saqlab qolishga xizmat qiladi.

Foto: Seres

Biroq hozircha bu ishlanma faqat patent darajasida qolmoqda. Hujjatlarda, asosan, relsli konstruksiya batafsil tasvirlangan bo‘lib, tizimning amaliy ishlashi bilan bog‘liq muhim jihatlar ochiqlanmagan. Xususan, suvni tushirish tizimi qanday bo‘lishi, chiqindilar qayerda va qanday saqlanishi yoki chiqarilishi masalalari hali aniq yechimga ega emas.

Bunday innovatsiyani real avtomobillarga joriy etish uchun texnik muammolar bilan birga gigiyena va foydalanuvchilarning psixologik qabul qilishi ham muhim omil bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Genesis sotuvlari 1 mln donadan oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek