O‘zbekiston va Hindiston harbiylari «Do‘stlik – 2026» mashg‘ulotlarini boshladi

eʼlon qilindi
Mashg‘ulotlar G‘urumsaroy dala-o‘quv maydoni – Sharqiy harbiy okrug hududida o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari «Do‘stlik–2026» mashg‘ulotlarini boshladi
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari «Do‘stlik – 2026» mashg‘ulotlarini boshladi / Foto: Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston va Hindiston harbiy xizmatchilari ishtirokida «Do‘stlik – 2026» qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Mashg‘ulotlar G‘urumsaroy dala-o‘quv maydoni – Sharqiy harbiy okrug hududida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston va Hindiston harbiylari «Do‘stlik–2026» mashg‘ulotlarini boshladi
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari «Do‘stlik – 2026» mashg‘ulotlarini boshladi / Foto: Mudofaa vazirligi

Harbiy mashg‘ulotlar davomida jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, zamonaviy harbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘zaro tajriba almashish asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan.

Ochilish marosimida ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning bilim va amaliy tajribasini oshirishda muhim platforma ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Hindiston harbiylari «Do‘stlik – 2026» mashg‘ulotlarini boshladi / Foto: Mudofaa vazirligi

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Do‘stlik» nomi ostidagi qo‘shma mashg‘ulotlar 2019-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinmoqda va bu yil yettinchi marotaba tashkil qilinmoqda. Mashg‘ulotlar 24-aprelga qadar davom etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan muddatli harbiy xizmat o‘tagan yigitlarga ta’lim krediti berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek