Qamchibek Tashiyev Futbol ittifoqi rahbarligidan o‘z ixtiyori bilan ketdi

eʼlon qilindi
U ushbu lavozimda 2024-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi
Qamchibek Tashiyev Futbol ittifoqi rahbarligidan o‘z ixtiyori bilan ketdi
Qamchibek Tashiyev Futbol ittifoqi rahbarligidan o‘z ixtiyori bilan ketdi / Foto: Vzglyad.uz

Qamchibek Tashiyev Qirg‘iz futbol ittifoqi prezidentligi lavozimini tark etdi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

U ushbu lavozimda 2024-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. Qirg‘iz futbol ittifoqining navbatdagi kongressida Tashiyev qayta saylovda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avval bu lavozimga yana nomzodini qo‘yishni rejalashtirgan, biroq keyinchalik bu qaroridan voz kechgan.

«Men o‘z vazifamni bajardim. Futbol ittifoqini haqiqatan futbolni yaxshi ko‘radigan inson boshqarishi kerak. Har kim o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullanishi lozim. Men esa futboldan ketmayman», – dedi u kongress ishtirokchilariga murojaatida.

Hozircha Tashiyev futbol sohasida aynan qanday rolni davom ettirishi aniq emas. Biroq u mahalliy va xalqaro futbol doiralari bilan yaqin aloqalarga ega. Xususan, uning nomi «Muras United» klubi bilan bog‘lanadi. Shuningdek, uning davrida Qirg‘iz futboli xalqaro aloqalarni kengaytirib, Slovakiyaning «Trencin» klubi, «Barselona» tizimi va bir qator yevropalik mutaxassislar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qamchibek Tashiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilinayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek