Raqobat qo‘mitasi 6 ta qurilish kompaniyasiga jarima qo‘lladi

eʼlon qilindi
Shuningdek, qonunbuzarlikni bartaraf etish va takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan
Raqobat qo‘mitasi 6 ta qurilish kompaniyasiga jarima qo‘lladi
Foto: Pexels

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligini buzgan 6 ta qurilish kompaniyasiga jarima qo‘lladi. Bu haqda qo‘mitaning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, o‘rganishlar davomida Humo Avenue, Story Dom Siyob, Aziya Makon Cit, Aziza Credo Max, Shoxsaroy Enter Group va Qorasuv Avenue kompaniyalari ushbu talabni buzganligi aniqlangan. Ular qurilish obyektlarini ro‘yxatga kiritmasdan turib ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilgan.

Qonunga ko‘ra, ruxsatnoma va zarur hujjatlarsiz mahsulot yoki xizmatlarni reklama qilish taqiqlanadi. Shu asosda qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan mazkur 6 ta kompaniyaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzarlikni bartaraf etish va takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Namanganda sifatsiz un sotgan firma aniqlangani haqida yozgan edi.

Tekshiruv natijasida «Chodak Asl Biznes» MChJ qonun talablarini buzgan deb topildi. Maxsus komissiya tomonidan ushbu mahsulotni sotishdan olingan 28,5 mln so‘mni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek