Sport

Remontada ro‘y bermadi. «Atletiko» «Barselona»ni turnirdan chiqarib yubordi

Foto: UEFA

Madriddagi «Metropolitano» stadionida «Atletiko» UEFA chempionlar ligasining chorak finali doirasida «Barselona»ni qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga yo‘l oldi.

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. 4-daqiqadayoq Lamin Yamal raqib xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Ferran Torres hisobiga assist yozib qo‘ydi. 24-daqiqada esa Ferran mehmonlarning ikkinchi golini kiritib kombek amalga oshirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Ademola Lukman hisobni qisqartirib, «Atletiko»ning ustunligini ta’minladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/img_0992.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/img_0993.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/img_0995.mp4

Ikkinchi taymning 55-daqiqasida Ferran Torres dubl rasmiylashtirib, jamoasining uchinchi golini kiritdi. Ammo hakam offside sababli golni bekor qildi. 80-daqiqada esa so‘nggi umid foli uchun Erik Garsiyaga qizil kartochka ko‘rsatildi. «Barselona» 10 kishi bo‘lib qoldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChL chorakfinalining dastlabki bahsida «Barselona» «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.