Sirdaryoda sudya va bank xodimi pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Sirdaryoda sudya va bank xodimi pora bilan ushlandi
Foto: Videodan ekran tasviri

Sirdaryo viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi hamda «Agrobank» ATB Guliston filiali mansabdor xodimi pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, sudya o‘z ish yurituvida bo‘lgan mahalliy tadbirkorga oid ish bo‘yicha qaror uning foydasiga chiqishini oldindan bilgan. Shundan so‘ng u bank xodimi bilan til biriktirib, tadbirkordan $7,5 ming talab qilgan.

Video: DXX

Tezkor tadbir davomida bank xodimi talab qilingan summaning $5,5 mingni olgan. Sud tomonidan tadbirkor foydasiga qaror e’lon qilingach, u ushbu pullardan $3,6 mingni sudyaga berayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada noqonuniy tamaki olib o‘tganlar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek