Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

2026-yilning may oyidan boshlab Toshkent va Yerevan o‘rtasidagi muntazam yo‘lovchi reyslari yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Rejalarga ko‘ra, parvozlar haftada bir marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda tashuvchi sifatida Shirak Avia aviakompaniyasi faoliyat yuritadi.
Aviakompaniya Zvartnots xalqaro aeroporti bazasida joylashgan bo‘lib, 2019-yildan buyon xalqaro reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Uning havo kemalari parki Boeing 737 oilasiga mansub samolyotlardan iborat.
Ma’lumot uchun, ilgari bu yo‘nalishda parvoz qilish uchun Moskva, Istanbul yoki Tbilisi orqali transfer qilishga to‘g‘ri kelar edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent — Tel-Aviv yo‘nalishida parvozlar qayta tiklangani haqida xabar qilgan edik.