Gadjetlar

Xiaomi yangi smartfoni ustida ishlamoqda

Qurilma Xiaomi 17 liniyasidagi eng katta ekranli model bo‘lishi kutilmoqda
Xiaomi yangi smartfoni ustida ishlamoqda
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasiga tegishli 2605EPN8EC model raqamiga ega qurilma Xitoy regulyatori tomonidan sertifikatdan o‘tdi. Bu esa rasmiy taqdimot yaqin ekanini anglatadi.

Hujjatlarda texnik xususiyatlar ochiqlanmagan. Faqat 5G, Wi-Fi va Bluetooth qo‘llab-quvvatlashi tasdiqlangan. Shunga qaramay, sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bu model Xiaomi 17 Max yoki Xiaomi 17S Pro bo‘lishi mumkin.

Qurilma Xiaomi 17 liniyasidagi eng katta ekranli model bo‘lishi kutilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon 6,9 dyuymli OLED displeyga ega bo‘ladi. Ichida esa yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori ishlaydi.

Batareya hajmi 8000 mA/soatgacha yetishi mumkin. Qurilma 100 Vt simli va 50 Vt simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera tizimi ham kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy modul 200 MP, periskop telekamera va ultra keng burchakli kamera esa 50 MP dan bo‘ladi.

Model raqami chiqarilish muddatiga ham ishora qiladi. Qurilma aprel yoki may oylarida Xitoyda taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi R70 5G va Redmi R70m 5G smartfonlari taqdim qilingani haqida yozgan edi.