Avstraliyadagi yirik neft zavodida yong‘in yuz berdi

eʼlon qilindi
Hodisa vaqtida zavodda bo‘lgan xodimlar evakuatsiya qilingan va jabrlanganlar yo‘q
Avstraliyadagi yirik neft zavodida yong‘in yuz berdi
Foto: 1News

Avstraliyaning Melburn shahri yaqinidagi yirik Viva Energy neft zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Favqulodda xizmatlar yong‘inni o‘chirdi. Hodisa vaqtida zavodda bo‘lgan xodimlar evakuatsiya qilingan va jabrlanganlar yo‘q. Mazkur zavod Viktoriya shtati yonilg‘isining qariyb 50 foizini va mamlakat umumiy hajmining 10 foizini ishlab chiqaradi. Shu sabab hukumat benzin ishlab chiqarishga ta’sir bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Video: Ijtimoiy gtarmoq

Energetika vaziri Kris Bouen yong‘in global yonilg‘i inqirozi fonida yuz berganini ta’kidladi. So‘nggi haftalarda dizel narxi keskin oshgan va ayrim hududlarda yonilg‘i tanqisligi kuzatilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in texnik nosozlik sabab yuzaga kelgan. Hozirda zavod qisman ishlamoqda, ayrim yonilg‘i turlari esa kamaytirilgan hajmda ishlab chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston neft ishlab chiqarish va eksportini qisqartirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek