Disney ming nafargacha xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Eng katta o‘zgarishlar esa Marvel Studios tarkibidagi vizual effektlar bo‘limida kuzatilishi mumkin
Disney ming nafargacha xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda
Disney ming nafargacha xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda / Foto: Forbes

Disney kompaniyasi yaqin vaqt ichida turli bo‘limlarda ming nafargacha xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Kompaniya e’lon qilgan ichki xatda tashkilot rahbari Josh Damaro bu qaror resurslarni samarali taqsimlash va biznesni qayta rivojlantirish zarurati bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqartirishlar kompaniyaning kelajakdagi moslashuvchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqartirishlar televideniye, sport yo‘nalishlari va bir qator studiyalarni ham qamrab oladi. Eng katta o‘zgarishlar esa Marvel Studios tarkibidagi vizual effektlar bo‘limida kuzatilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, bu yerda deyarli barcha mutaxassislar ishdan bo‘shatilishi, faqat kichik jamoa saqlab qolinishi rejalashtirilgan. Qolgan ishlar esa kontrakt asosida bajarilishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa bu qaror turlicha talqin qilinmoqda. Ayrim foydalanuvchilar buni vizual effektlar sohasida sun’iy intellektdan kengroq foydalanish rejalari bilan bog‘lamoqda. Ammo kompaniya hozircha bu borada aniq izoh bermagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Disney kompaniyasiga Josh Damaroni yangi bosh direktor etib tayinlangani haqida yozgandi.

Shuningdek