Farg‘onada 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish aniqlandi

eʼlon qilindi
Barcha holatlar bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan
Farg‘onada 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish aniqlandi
Foto: Videodan ekran tasviri

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan reydlar davomida 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, gaz ta’minoti filiali va hamkor tashkilotlar tekshiruvlar o‘tkazilgan. Natijada bir nechta jiddiy qonunbuzilish aniqlangan.

Rishton tumanida joylashgan oilaviy korxona gaz tarmog‘iga hujjatlarsiz ulangan. Ushbu holat bo‘yicha 466 mln so‘mlik gaz qayta hisoblandi. Oltiariq tumanida xususiy hammom egasi gazni hisoblagichdan oldin tarmoqqa ulanib olgan. Unga 380,6 mln so‘m jarima belgilandi.

Video: Enegetika vazirligi

Farg‘ona shahrida umumiy ovqatlanish maskani ham gazdan noqonuniy foydalangan. Bu yerda 365,8 mln so‘mlik zarar aniqlangan. Barcha holatlar bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Navoiyda 2 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irligi aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek