O‘qituvchilarga ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli 20-apreldan boshlanadi

eʼlon qilindi
Davlat budjeti hisobidan ipoteka kreditining boshlang‘ich badalining 25 foizigacha qismi qoplab beriladi
Ipoteka subsidiyalariga ariza berish
Foto: Yenimedia.az

O‘zbekistonda oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish jarayoni boshlanadi. Arizalar 20-aprel kuni soat 14:00 dan qabul qilinishi rasman ma’lum qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qarori asosida amalga oshiriladi. Unga muvofiq, Davlat budjeti hisobidan ipoteka kreditining boshlang‘ich badalining 25 foizigacha qismi qoplab beriladi.

Dasturda ishtirok etish uchun bir qator talablar belgilangan. Xususan, ariza beruvchi kamida 15 yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lishi, oliy malaka toifasiga yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, nomzod va uning turmush o‘rtog‘i nomida mamlakat bo‘ylab ikki yoki undan ortiq uy-joy mavjud bo‘lmasligi lozim.

Banklar tomonidan kredit tarixi ham alohida baholanadi. Ariza beruvchi kamida bitta ishtirokchi tijorat bankining ichki talablariga mos kelishi shart.

Arizalarni topshirish bir necha usulda amalga oshiriladi: Davlat xizmatlari markazlari orqali, MyGov mobil ilovasi orqali yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda yuborish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nufuzli xorijiy OTMlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti ajratilishi haqida yozgandi.

Shuningdek