Qorli aprel, Turkiyada otishma, urush qatnashchilariga 30 million so‘m, kripto-aktivlar orqali to‘lov — 16-aprel kungi muhim yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Farg‘onada 300 mln dollarlik zamonaviy shifoxona quriladi
16-aprel kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: SSV
Qish qaytdimi: bir nechta hududlarda qor yog‘moqda
Foto: Unsplash

Qish qaytdimi: bir nechta hududlarda qor yog‘di — video

16-aprel kuni erta tongdan boshlab Jizzax viloyatining bir nechta hududlarida qor yog‘di. Bu haqda iqlimshunos Erkinjon Abdulahatovning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Baxmal tumanining Zartepa qishlog‘ida soat 08:00 atrofida qor yog‘ib o‘tgan. Shuningdek, Zomin tumanidagi Suvfa platosida ham qor yog‘moqda. Ushbu hudud dengiz sathidan 2400 metr balandlikda joylashgan.

Davomi…

Yana Turkiya: maktabdagi otishmada 9 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters

Yana Turkiya: maktabdagi otishma oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning janubida joylashgan Qahramanmarash viloyatidagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 8 nafar o‘quvchi va 1 nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Mustafo Chifchining ma’lum qilishicha, yana 13 kishi jarohat olgan. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda. Voqea Ayser Chalok o‘rta maktabida yuz bergan. Rasmiylarga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan 14 yoshli o‘quvchi ham hodisa vaqtida halok bo‘lgan.

Davomi…

Foto: Buxoro viloyati hokimligi 

Buxoroda Leapmotor avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Buxoro viloyatida Leapmotor kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Zhejiang Leapmotor Technology Co., Ltd. kompaniyasi vitse-prezidenti Ley Ming boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara olib bordi.

Davomi…

Foto: 1News

Avstraliyadagi yirik neft zavodida yong‘in yuz berdi

Avstraliyaning Melburn shahri yaqinidagi yirik Viva Energy neft zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Favqulodda xizmatlar yong‘inni o‘chirdi. Hodisa vaqtida zavodda bo‘lgan xodimlar evakuatsiya qilingan va jabrlanganlar yo‘q. Mazkur zavod Viktoriya shtati yonilg‘isining qariyb 50 foizini va mamlakat umumiy hajmining 10 foizini ishlab chiqaradi. Shu sabab hukumat benzin ishlab chiqarishga ta’sir bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Davomi…

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar 16-martdan qabul qilinadi
Foto: Facebook.com

O‘qituvchilarga ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli 20-apreldan boshlanadi

O‘zbekistonda oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish jarayoni boshlanadi. Arizalar 20-aprel kuni soat 14:00 dan qabul qilinishi rasman ma’lum qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qarori asosida amalga oshiriladi. Unga muvofiq, Davlat budjeti hisobidan ipoteka kreditining boshlang‘ich badalining 25 foizigacha qismi qoplab beriladi.

Davomi…

70 yoshli fuqaro o‘limi
Foto: Telegram / Fayzbog‘

Samarqandda 70 yoshli fuqaroning sirli o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlandi

Samarqand viloyatida 70 yoshli fuqaroning vafoti bilan bog‘liq holat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Mazkur voqea yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum II-guruh nogironi bo‘lgan va so‘nggi yillarda Alsgeymer kasalligi bilan og‘rib kelgan. Uning yaqinlari aytishicha, u 10-aprel kuni kutilmaganda bedarak yo‘qolgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida erkak Samarqand tumani hududidagi ruhiy xastalar shifoxonasiga joylashtirilgani aniqlangan.

Davomi…

Endi kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin
Endi kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin / Foto: CIO Africa

Endi kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin

O‘zbekistonda kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyati joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Adliya vazirligi tomonidan «Barqaror tokenlar aylanasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risida»gi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu hujjat O‘zbekiston kripto-aktivlar bo‘yicha tartibga solish hujjati doirasida maxsus tartiblarni belgilaydi.

Davomi…

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul mukofoti beriladi
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul mukofoti beriladi / Foto: Facebook.com

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul beriladi

Urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi. Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot berildi.

Unda armiyaning jangovar shayligini oshirish, shaxsiy tarkibni yangi tizim asosida o‘qitish va kasbiy tayyorlash ishlari muhokama qilindi.

Davomi…

Shuningdek