Samarqanddagi uyning yerto‘lasida yashirin mayning ferma topildi

eʼlon qilindi
Bu orqali 794,5 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan
Samarqanddagi uyning yerto‘lasida yashirin mayning ferma topildi / Foto: Bosh prokuratra departamenti

Samarqand viloyatida yashirin ravishda yo‘lga qo‘yilgan mayning faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaroning noqonuniy faoliyat yuritgani aniqlangan. U Samarqand shahri M. Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan uyining yerto‘lasida yashirin ravishda mayning faoliyatini tashkil etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro tijorat maqsadida 5 ta to‘plamdan iborat kripto-aktivlar mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan. Natijada jami 794,5 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) hamda 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan edi.

Shuningdek