
Londondagi «Emireyts» stadionida «Arsenal» UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida Portugaliyaning «Sporting» klubini qabul qildi.
Uchrashuv keskin kurashlarga boy o‘tgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. «Arsenal» bahs so‘nggigacha gol o‘tkazib yubormadi. Jamoalar ishtirokidagi dastlabki bahsda Mikel Arteta shogirdlari kichik hisobda g‘alaba qozongan edi. Kay Xaverts uchrashuv so‘ngida Gabriel Martenellining uzatmasini golga aylantirgan edi.

Londonliklar keyingi uchrashuvini APL doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazadi. 19-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan bahsda chempionlik taqdiri hal bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan PSJ mehmonda «Liverpul»ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqqani haqida xabar bergan edi.