18-aprel kuni qanday ob-havo kutilmoqda
eʼlon qilindi
18-aprel 20:00 gacha amal qiladi

18-aprel kuni O‘zbekiston hududining aksariyat qismida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat esa kechasi 0–11°, kunduzi 15–25° atrofida bo‘ladi.
Ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 19–21° | 7–9° | Kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir, momaqaldiroq ehtimoli mavjud |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 15–20° | 5–10° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Buxoro, Navoiy viloyatlari | 18–23° | 5–10° | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir (kechasi va ertalab) |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 18–23° | 5–10° | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari | 20–25° | 6–11° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 18–23° | 6–11° | Yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 7–12° | 0–5° (ba’zi joylarda 2° gacha sovuq) | Ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman, baland tog‘larda qor, sel xavfi mavjud |
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 18-23-aprel kunlari sel kuzatilishi mumkin.