Afg‘onistonda halok bo‘lganlar oilasiga kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya beriladi

eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan
Afg‘onistonda halok bo‘lganlar oilasiga kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya beriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Afg‘onistondagi harbiy harakatlarda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, Afg‘onistondagi harbiy harakatlar chog‘ida farzandlari halok bo‘lgan ota-onalarga, shuningdek turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgan bevalarga uy-joy kommunal xizmatlari to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiya to‘lovlari joriy etildi.

Mazkur kompensatsiya aholining ushbu toifasini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash va kommunal xarajatlar yukini kamaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kommunaldan qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma qanday olinishi haqida yozgan edik.

Shuningdek