“Biznes himoya” QR-kod tizimi doirasida nazorat jarayonlari raqamlashtiriladi

eʼlon qilindi
Tekshiruvlar avval elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi
«Biznes himoya» QR-kod tizimi doirasida nazorat jarayonlari raqamlashtiriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqot va nazorat jarayonlarida shaffoflik hamda hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab tadbirkor faoliyatini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari «Yagona davlat nazorati» axborot tizimining mobil ilovasidan majburiy foydalanishi belgilandi. Shu bilan birga, tekshiruv huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinib, ularning elektron yuritilishi joriy etiladi.

Shuningdek, «Biznes himoya» QR-kod tizimi doirasida nazorat jarayonlari raqamlashtiriladi. Unga ko‘ra, nazorat qiluvchi organ vakili tekshiruvni boshlashdan avval «Yagona davlat nazorati» tizimi orqali tadbirkorlik subyekti joylashgan hududda QR-kodni skanerlab, tekshiruvni elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Bundan tashqari, davlat xizmatchisi «Biznes himoya» QR-kodi orqali tekshiruv yoki muloqot haqidagi ma’lumotni belgilangan tartibda tizimga kiritmagan taqdirda, tadbirkorlar ushbu vakilni tekshiruv o‘tkazish uchun hududga kiritmaslik va muloqotga yo‘l qo‘ymaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, 2026-yil 1-iyuldan tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, ularning «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida shaxsiy kabineti avtomatik tarzda kompozit tartibda ochilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq зedagoglarga ayrim davlat xizmatlarida 50 foizlik chegirma berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek