Rossiyaning Max messenjeridan 7 mln xorijlik ro‘yxatdan o‘tdi

eʼlon qilindi
max
Eng faol foydalanuvchilar O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘istondan ekani qayd etilgan
Max messenjerida 7 mln xorijlik ro‘yxatdan o‘tdi
Foto: 3DNews

Rossiyaning Max messenjeri ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 7 mln nafar chet ellik foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Eng faol foydalanuvchilar O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘istondan ekani qayd etilgan. Aynan shu mamlakatlar aholisi messenjerga eng ko‘p ulanmoqda. 2026-yil boshidan buyon xorijiy foydalanuvchilar 1 mlrddan ortiq xabar yuborgan. Shuningdek, ular orqali 220 mln qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan.

Hozirda Max messenjerida ro‘yxatdan o‘tish 40 ta davlat fuqarolari uchun ochiq. 2025-yil noyabrda MDH davlatlari aholisi uchun qo‘ng‘iroq va xabar almashish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan edi. 2026-yil martdan esa xizmat Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi mamlakatlariga ham kengaytirildi.

Umuman olganda, aprel boshiga kelib Max messenjerida 110 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Platformaning kunlik faol auditoriyasi esa 80 mln nafardan oshgan.

Ilova o‘zi qanday ishlaydi

Ekran tasviri / «Kursiv»

Rossiyada Telegram bloklanishi ortidan u eng ko‘p yuklanadigan ilovalardan biri bo‘ldi. Messenjer foydalanuvchilarga internet orqali tezkor muloqot qilish imkonini beradigan ilova hisoblanadi. U oddiy telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish asosida ishlaydi. Foydalanuvchi ilovani yuklab olib, raqamini tasdiqlaydi va shundan so‘ng xizmatdan foydalanishni boshlaydi.

Ilova orqali matnli xabarlar yuborish mumkin. Bundan tashqari, ovozli va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish ham qo‘llab-quvvatlanadi. Suhbatlar real vaqt rejimida ishlaydi, ya’ni xabarlar darhol yetib boradi. Max messenjeri internetga ulangan holda ishlaydi. Wi-Fi yoki mobil internet orqali aloqa o‘rnatiladi. Shu sababli oddiy SMS yoki telefon qo‘ng‘iroqlariga qaraganda arzonroq hisoblanadi.

Max ilovasida tilni tanlash uning kamchiliklardan biri hisoblanadi. Mesenjer faqat ikki (Rus, ingliz) tillarida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Max O‘zbekistonda Play Marketning eng ommabop ilovasiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek