«O‘zmetkombinat»ning sobiq rahbari Dilshod Axmedov xalqaro qidiruvga berildi

eʼlon qilindi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasi asosida ayblov qo‘yilgan
Dilshod Ahmedov
Foto: Interpol

O‘zbekiston hukumati «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» (O‘zmetkombinat)ning sobiq boshqaruv raisi Dilshod Axmedovga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qildi. Bu haqdagi ma’lumot Interpol bazasida qayd etilgani bildirilmoqda.

Xabarga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasi asosida ayblov qo‘yilgan.

Dilshod Axmedov 1972-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u 2024-yil oktabr oyida «O‘zmetkombinat»ga rahbar etib tayinlangan. Biroq 2025-yil avgustida u ushbu lavozimdan ozod etilgan.

Uning avvalgi faoliyatida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida o‘rinbosar lavozimi hamda kombinatda yuqori boshqaruv pozitsiyalari mavjud bo‘lgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Interpol xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilarni O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek