Samarqandda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

eʼlon qilindi
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Samarqandda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Foto: Departament

Samarqand viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Jomboy tumanida o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro F.K. «Dehqonobod» mahallasidagi dala hovlisida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlangan. U tijorat maqsadida 324,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.

Kattaqo‘rg‘on tumanida esa «K.G.» MCHJ rahbari ishlab chiqarish sexini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab olgan. Oqibatda 112,2 mln so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgani ma’lum bo‘ldi. Samarqand shahrida «Sh.S.» MCHJ rahbari ko‘p qavatli uyni tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olgan. Ushbu holatda 241 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek