Nazorat ustidan nazorat: tadbirkor ustidan tekshiruvlar tartibga solinadi

eʼlon qilindi
Nazorat tartibini buzganlar Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritiladi
Tadbirkor ustidan tekshiruvlar tartibga solinadi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasidagi muloqot jarayonlarida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, davlat xizmatchisining tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotgan binoga nazorat yoki profilaktika tadbiri o‘tkazish maqsadisiz tashrifi yoxud tadbirkorni boshqa joyga chaqirishi nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqot sifatida baholanadi. Bunday muloqotlar haqidagi ma’lumotlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimiga kiritilishi majburiy etib belgilangan.

Shuningdek, ushbu talabga rioya etilmagan holatlar xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi uchun asos bo‘lishi qayd etilgan. Muloqotning asosli yoki asossiz ekanligini baholash esa tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjatga muvofiq, bir yil davomida ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan ikki va undan ortiq marta asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchisiga nisbatan bir qator choralar qo‘llanadi. Ular ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi, 12 oy davomida o‘sha subyektga oid nazorat tadbirlarida ishtirok etish cheklanadi. Shuningdek, belgilangan tartibni buzish holatlarida maxsus guvohnoma amal qilishi 3 oygacha to‘xtatilishi mumkin.

Bundan tashqari, tartibni surunkali buzgan shaxslar 6 oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz,  2026-yil 1-iyuldan boshlab «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Shuningdek