
Angliyaning «Aston Villa» klubi UEFA Yevropa Ligasi chorak finalining javob uchrashuvida Italiyaning «Bolonya» jamoasi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada birmingemliklar umumiy 7:1 hisobida yarim finalga yo‘l oldi.

Uchrashuv taqdiri birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal bo‘ldi. 16-daqiqada Morgan Rojersning uzatmasidan so‘ng Olli Uotkins hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqada Lyuka Dinning hamkorligida Emiliano Buendia jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

39-daqiqada Jon Makginning uzatmasidan so‘ng Morgan Rojers uchrashuvdagi uchinchi gol muallifiga aylandi. 89-daqiqada Ezri Konsa o‘yinga nuqta qo‘ydi. Dastlabki o‘yinda ham ingliz klubi 3:1 hisobida zafar quchgan. Italiya klubi safida yagona esda qolarli vaziyat 29-daqiqada Federiko Bernardeskining hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolanishi bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Frayburg» mehmonda «Selta»ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqqani haqida xabar bergan edi.