Yevropa Ligasi: «Braga» Ispaniyada irodali g‘alabaga erishdi

17-aprel 2026 02:30 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

UEFA Yevropa ligasining chorak final javob uchrashuvida Portugaliyaning «Braga» klubi Ispaniyaning «Betis» jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija evaziga portugaliyaliklar umumiy 5:3 hisobida yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sevilyada bo‘lib o‘tgan bahsning dastlabki daqiqalarida mezbonlar faol harakat qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Antoni hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqada Abde Ezzalzuli jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Tanaffusga qadar, 38-daqiqada Pau Viktor mehmonlarning ilk goliga mualliflik qildi.

Foto: UEFA

Ikkinchi bo‘limda «Braga» vakillari ketma-ket uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 49-daqiqada Karvalo hisobni tenglashtirdi, 53-daqiqada esa Rikardo Orta penaltidan unumli foydalandi. 74-daqiqada Jan-Batist Gorbi o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Foto: UEFA

Kurashlarga boy kechgan baxsda bosh hakam tomonidan har ikki jamoa a’zolariga jami 7 ta sariq kartochka ko‘rsatilgan. Natijada «Betis» klubi uchun Yevropa ligasi o‘z yakuniga yetdi. «Braga» turnir yarim finalida Germaniyaning «Frayburg» klubi bilan to‘qnash keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Aston Villa» o‘z uyida «Bolonya»ni yanchib tashlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek