iPhone 18 Pro yangi ranglarda chiqishi mumkin — foto

Apple iPhone 18 Pro uchun yangi ranglar ustida ishlamoqda. Insayderlarga koʻra, kompaniya bir nechta yangi rang variantlarini sinovdan oʻtkazmoqda.
Ular orasida och koʻk, siyoh rang va klassik toʻq kulrang mavjud. Ayrim manbalarda yana kumush rang ham saqlanib qolishi aytilmoqda. Ayniqsa, siyoh rang yangi modelning asosiy vizual belgisi boʻlishi mumkin. Bu rang Apple flagmanlari uchun yangi yoʻnalish sifatida koʻrilmoqda.

Insayderlar taʼkidlashicha, kompaniya ushbu ranglarni hali yakuniy tasdiqlamagan. iPhone 18 Pro hali ishlab chiqarishning soʻnggi bosqichiga yetmagan, shuning uchun Apple ayrim variantlarni oʻzgartirishi yoki butunlay chiqarib tashlashi mumkin. Odatda kompaniya Pro liniyada ranglar sonini cheklaydi va faqat eng muvaffaqiyatli variantlarni qoldiradi.
Apple har yili ranglar palitrasini yangilab boradi. Bu orqali kompaniya yangi avlodni vizual jihatdan ajratib koʻrsatadi. Shu bilan birga, dizayndagi yangiliklar eski model foydalanuvchilarini ham yangilanishga undaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple birinchi buklanadigan iPhone modelini taqdim etishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.