My Freighter aviakompaniyasining yangi samolyotiga Abdulla Qodiriy nomi berildi
eʼlon qilindi
Bu parkdagi oʻninchi havo kemasi boʻldi

My Freighter aviakompaniyasining yangi Boeing 767 havo kemasiga Abdulla Qodiriy nomi berildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistanʼga maʼlum qildi.
17-aprel kuni xususiy yuk aviakompaniyasi floti yangi Boeing 767 samolyoti bilan toʻldirildi. Bu parkdagi oʻninchi havo kemasi boʻldi.
Qodiriy zamonaviy oʻzbek adabiyoti asoschilaridan biri, u oʻzbek adabiyoti klassikasi hisoblangan «Oʻtkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari bilan shuhrat qozongan.
Eslatib oʻtamiz, Centrum Air mazkur tashabbusni 9-aprel kuni Amir Temur tavallud topgan kunda samolyotga uning nomini berish bilan boshlagan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan My Freighter Shanxaydan Amsterdamga yuk reyslarini yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.