Qozog‘iston prezidenti ham Farrux Zokirovni orden bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
II darajali “Do‘stlik” ordeni bilan
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Yalla» ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirovni 80 yoshi bilan tabrikladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari san’atkorni madaniyat va musiqa rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

Tabrikda ta’kidlanishicha, Farrux Zokirov o‘z iste’dodi, mehnatsevarligi va kuchli ijodiy salohiyati bilan millionlab muxlislar mehrini qozongan. Uning san’ati turli avlod va xalqlarni birlashtirib kelayotgani alohida qayd etilgan.

Shuningdek, Qozog‘istonda san’atkor «Yalla» ansambli ijrosidagi qo‘shiqlari va betakror ovozi bilan qadrlanishi aytib o‘tilgan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farrux Zokirovni yubileyi munosabati bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlagan edi.

Shuningdek