Yevropada aviayonilgʻi tanqisligi sabab reyslar bekor qilinishi mumkin

eʼlon qilindi
May oxiriga borib ayrim aviakompaniyalar yonilgʻi tanqisligi tufayli parvozlarni qisqartirishga majbur boʻlishi mumkin
Foto: Global Look Press

Yevropada aviayonilgʻi yetishmovchiligi sabab yaqin haftalarda reyslar bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) maʼlum qildi.

Tashkilotga koʻra, may oxiriga borib ayrim aviakompaniyalar yonilgʻi tanqisligi tufayli parvozlarni qisqartirishga majbur boʻlishi mumkin. Bunday holat allaqachon Osiyoning ayrim hududlarida kuzatilmoqda.

IATA Yevropa hukumatlarini muqobil yetkazib berish yoʻllarini taʼminlashga chaqirdi. Shuningdek, zarurat tugʻilganda yonilgʻini meʼyorlash boʻyicha oldindan kelishilgan rejalar ishlab chiqilishi kerakligi taʼkidlandi.

Assotsiatsiya Xalqaro energetika agentligi (IEA) prognozlariga ham e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, aviayoqilg‘i bo‘yicha taqchillik yuzaga kelishi mumkin.

IATA rahbari Villi Uolshning aytishicha, hatto Hormuz boʻgʻozidagi vaziyat barqarorlashgan taqdirda ham yonilgʻi taʼminotini tiklash bir necha oy vaqt olishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Istanbul aeroportida 190 dan ortiq reyslar kechiktirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek