Sport

APL: Chempionlik poygasida «Manchester Siti» «Arsenal» ustidan g‘alaba qozondi

Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlanib, jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi uch ochkoga qisqardi
Foto: mancity.com

Angliya Premyer-ligasining 33-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida peshqadam «Arsenal»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada mezbonlar turnir jadvalidagi ochkolar farqini qisqartirishga erishdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/0419-3.mp4

O‘yinning 16-daqiqasida Mateush Nuneshning uzatmasidan so‘ng Rayan Sherki himoyachilarni birin-ketin aldab o‘tib, hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, 18-daqiqada darvozabonning qo‘pol xatosidan keyin Kay Xaverts hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/0419-3-1.mp4

Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Erling Xoland mezbonlarning ikkinchi golini kiritdi. Uchrashuv davomida Kristian Moskera, Mark Gexi, Erling Xoland va Gabriel kabi futbolchilar sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/0419-5.mp4

Ushbu natijadan so‘ng «Arsenal» 70 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda. «Manchester Siti» esa ochkolarini 67 taga yetkazdi. «Shaharliklar» hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud bo‘lib, ushbu qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda ochkolar bo‘yicha yetakchiga tenglashib olishi mumkin.

Foto: mancity.com

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Arsenal»ni ta’qib qilishda davom etayotgani haqida xabar bergan edi.