Chery Exeed EX7 1,5 ming km yurish zaxirasi bilan taqdim etildi

20-aprel 2026 14:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Exeed EX7 1,5 ming km yurish zaxirasi bilan taqdim etildi
Foto: Autohome

Xitoyning Chery kompaniyasi yangi Chery Exeed EX7 modelini taqdim etdi. Yangi krossover ikki xil texnologiyada ishlab chiqilgan.

Model EREV va EV versiyalarda chiqadi. EREV bu benzin generatori yordamida yurish masofasini oshiradigan elektromobil hisoblanadi. EV esa to‘liq elektr dvigatel bilan ishlaydi. EREV versiyasida avtomobil 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan. U batareyani quvvatlab turadi. Bu model elektrda 245 km gacha yuradi. Umumiy yurish zaxirasi esa 1 520 km gacha yetadi.

Foto: Autohome

To‘liq elektr versiya 800V platformaga ega. Maksimal yurish zaxirasi 726 km ni tashkil etadi. Tez zaryadlashda 5 foizdan 80 foizgacha atigi 11,5 daqiqada quvvat oladi. Modelning asosiy yangiligi yangi tormoz tizimi bo‘ldi. Elektron-mexanik tormoz tizimi klassik gidravlik tizimni almashtiradi. Ishlab chiqaruvchi unga tezkor javob va yuqori samaradorlik beradi.

Foto: Autohome

Salon ham zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. 30 dyuymli 6K ekran, 23 ta karnayli audio tizim va ilg‘or haydovchi yordam tizimlari mavjud. Avtomobil narxi Xitoyda 199,9 ming yuandan boshlanadi. Bu taxminan $29 mingga teng. Eng qimmat versiya esa $38 ming atrofida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery 41 ming dollarlik gumanoid robot sotuvini boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek