Germaniya boshpana so‘rovchilar soni bo‘yicha YIda to‘rtinchi o‘ringa tushdi

2026-yilning yanvar-mart oylarida Germaniyada boshpana so‘rash bo‘yicha arizalar soni yillik hisobda 23 foizga qisqargan. Bunga suriyaliklar va ukrainaliklar tomonidan berilayotgan so‘rovlarning keskin kamayishi sabab bo‘lgan.
O‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan Yevropa Ittifoqida Suriya fuqarolaridan kelib tushgan arizalar 63 foizga, Ukraina fuqarolaridan berilgan so‘rovlar esa 57 foizga kamaygan. Natijada, Germaniya 2015-yildan beri ilk bor qabul qilingan arizalar soni bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida to‘rtinchi o‘ringa tushdi. Bungacha mamlakat bir necha yil davomida ushbu statistikada yetakchilik qilib kelayotgan edi.
2026-yilning yanvaridan martigacha Yevropa Ittifoqi hududida eng ko‘p boshpana so‘rovlari Fransiyada qayd etilgan bo‘lib, 34 ming 643 ta arizani tashkil qildi. Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda Ispaniya va Italiya davlatlari egallagan.
Eng kam ariza Vengriya hamda Slovakiyada ro‘yxatga olingan. Ushbu ikki davlat muhojirlarni ongli ravishda Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlariga yo‘naltirmoqda va yomon munosabat tufayli boshpana izlovchilar uchun eng kam jozibador mamlakatlar qatoriga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan beshinchi eronlik futbolchi ham Avstraliyani tark etgani haqida xabar bergan edi.